Mirkomilboy

Mirkomilboy, Mirkomil Mirmo’minboev (1882 — Andijon — 1918) — o’zbek sanoatchisi. «Rus- Osiyo» («Russko-Aziatskiy») banki mu- assislaridan biri. M.ning Andijonda 5 ta paxta z-Di, bir necha shaharda savdo rastalari, bog’lari, katta erlari bulib, oltin pul hisobida 14 mln. so’m mablag’ga ega edi (1911). M. Tur- kiston va Evropa mamlakatlari o’rtasida savdo munosabatiga asos solganlardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Shlossberg, Kraft firmalari b-n sav- do aloqasi o’rnatgan, Berlin, London, Parij va Istanbulga borib, mahalliy sanoatchilar b-n savdo ishini yo’lga qo’yishga intilgan. M. Andijon sh.da 30 o’quvchiga mo’ljallangan internat MAK- Tab, 100 talabaga muljallangan Madra- sa, kasalxona qurmoqchi bo’lib, loyiha tayyorlatgan. Biroq mahalliy ma’murlar bu loyihalarni amalga oshirishga ruxsat bermagan. M. «Shuroy Islom» tashkilo- tining Andijon bulimiga rahbarlik qilgan (1918) va jadidlarni moddiy jihatdan qo’llabkuvvatlab turgan. Bol- sheviklar tomonidan otib tashlangan. Sirojiddin Ahmedov.