Mirmuhsin

Mirmuhsin (taxallusi; asl ism- sharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895 — Toshkent — 1929.4.8) — jurna- list, yozuvchi. O’zbek matbuotining asoschi- laridan biri. 1916-17 y.larda Ufadagi «Oliya» madrasasida o’qigan. 1917 y. Tosh- kentga qaytgan. 1917 y. Fev. Inqilobi munosabati b-n «Turon» gaz.ga yozgan «ta- rixiy ikki voqea» maqolasi katta Jan- jalga sabab bulgan. Sebzor qozikaloni hukmi b-n M.ga o’lim jazosi beriladi. Lekin bu hukm qamoq jazosi b-n almash- tiriladi. M. qamoqdan qochib, Ufaga ke- tadi. Fukarolar urushi boshlanib ketgach, M. Sharqiy frontning 1 — 5-armiyalari siyosiy bo’limida jangchi-jurnalist sifatida xizmat qiladi. 1920 y.ning boshlarida Toshkentga kaytib, dastlab «Ishtirokiyun», so’ng «qizil bayroq», «Turkiston» va b. gaz.larda muharrirlik qiladi. M.ning hozircha ma’lum she’rla- ri 700 misra atrofida. Bundan tashqari, u hikoyalar, maqolalar yozgan. «Befar- Zand Ochildiboy» (1914) nomli birinchi o’zbek romani muallifi. Adib ilmma’- Rifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon bulishiga astoydil ishonadi, «avom»ni ilm olishga da’- vat etadi («Milliy adabiyot», «ahvoli odamdin bir namuna», «adabiyot» va b.). Xalqning og’ir va mashaqqatli, fojiaga tuda turmushini tasvirlaydi («ash’or», «Bizni»). M.ning «yigirmanchi asrda Turkiston boboy», «zindon» (1914) kabi hikoyalarida taraqqiyotdan orqada qolgan Turkiston qiyofasi, idora usuliga oid karashlari bayon etilgan. U inqilobning dastlabki yillarida shurolarga ishon- gan, ular tarafida turib kurashgan edi. Biroq, shovinizmning «yo’qsullik» rangiga buyalib, yanada keskinroq tus olgani, milliydiniy qadriyatlarning oyoqosti qilingani M. umidlarini puch- ga chiqardi. Maqolalaridagi quvonch va ko’tarinki ruh yo’qolib, umidsizlik ku- chayib bordi, aldanganini chuqur his etdi va bular oxir-oqibatda hayotining bevaqt, fojiali yakunlanishiga olib keldi. Ad.: Yodgorov H., Nurli yo’l, T., 1968; Meli Jo’ra, umrim daftari, T., 1970; Qosimov B., Mirmuhsin Shermuhamedov, T., 1967; isyonkor qalb, T., 1985. Begali Qosimov.