Miron
Miron (Muron, mil. AV. 5-a.) — yunon haykaltaroshi, ilk klassikaning yirik namoyandasi. Afinada ishlagan. M. asarlarida inson tanasi go’zalligini harakat b-n uyg’unlikda tasvirlagan. M. asarlari (asosan, bronzadan ishlangan) saqlanmagan, ular haqida qad. muallif- larning yozmalari va Rimda marmardan ishlangan nusxalari orqaligina tasav- vurga ega bo’lamiz. «Disk irg’ituvchi», «Afina va Marsiy» guruhi va b. M. to- revtika ustasi bo’lgan, bo’rtma tasvirli kuboklar ishlagan.