Mironov Nikolay Nazarovich

Mironov Nikolay Nazarovich (1870.11.10, samara gubernyasi — 1952.6.7, Moskva) — kompozitor, dirijyor, folklorshunos, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’- at ar-bobi (1930), O’zbekiston xalq artisti (1937). Marg’ilon shahridagi harbiy orkestr dirijyori (1887 y.dan), ke-yinchalik Marg’ilon, Qo’qon, Toshkent sh.larida kontsert guruxlarining tash- kilotchisi va rahbari. 1904 y.dan tur- kiston, G’arbiy Sibir, Qrim, Kavkaz va b. joylarga folklor ekspedi-tsiya- larni tashkil k.ilgan va yuzlab xalq kuy va qo’shiklarini yozib olgan. Samarqand musiqa va xoreografiya in-ti tashki- lotchilaridan va direktori (1928— 32), O’zbek davlat filarmoniyasi xalq cholg’ulari orkestri dirijyori (1936— 38). Kompozitorlik ijodidan 4 opera, 3 musiqali drama, simfonik, vokalsimfo- nik, xor va kamer asarlari o’rin olgan. Uzbek, tojik, rus, qalmoq va b. xalqlar kuylarini kayta ishlagan. As: muzika O’zbekov, 1929; obzor mu- zikalnix Kultur O’zbekov i drugix na- rodov Vostoka, 1931; pesni Fergani, Buxari i Xivi, 1931; muzika tadjikov, 1932.