Mirxond
Mirxond, Mir Muhammad ibn Sayid Burhonuddin Xovand-shoh ibn Kamoliddin Maxmud (1433.22.6 — 1498.24.2) — tarixchi olim. Ota-bobola- ri asli buxorolik bo’lib, fiqh ilmida mashhur bo’lishgan. M. Buxoroda madra- sani tugatib, otasi vafotidan keyin Hirotga kelgan. Alisher Navoiy M.ga yirik bir tarixiy asar yozishni topshir- gan. Unga Xalosiya xonaqohida joy, maosh tay-inlab, o’zining boy kutubxonasidan foydalanish uchun imkon yaratadi. M. shu erda 1494 y.gacha 7 jil dli «Ravzat US- safo Fi Siyratul-anbiyo val-muluk val- Xulafo» («Payg’ambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog’i») asarining 6 jildini yozib tugatadi. «Ravzat ussafo»ning mazmuni quyidagichadir: 1jild (daftar) — dunyo- ning yaratilishidan sosoniylar sulola- si inqirozigacha; 2jild Muhammad (as.) va to’rt xalifa tarixi; 3jild Umaviy va abbosiylar xalifalari tarixi; 4jild — Umaviy va abbosiylar davrida O’rta Osiyo; 5jild — Chingizxon va chingiziy- lar tarixi; 6jild — Amir Temurdan Abu Sayd vafotigacha bo’lgan davr tarixi; 7jild — Sulton Husayn va uning avlo- Di davri tarixi. Bu jildning davomini nabirasi Xondamir (bobosi vafotidan keyin) yozib tugatadi. Dastlabki 6 jild matni Alisher Navoiy taxriridan o’tadi. Asar matni Bombay (1845, 1848), Tehron 1850-56, 1860; va Lakhnav 1874, 1883, 1890 y.lar)da chop etilgan; o’zbekchaga tar- jimasi Muhammad Rahimxon Feruz dav- ri (1865— 73)da amalga oshiriladi. Ad.: Ahmedov B., O’zbekiston tarixi manbalari, T., 2001. Naim Norqulov.