Mirzaqishloq qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Mirzaqishloq qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblastining Samarqand raonida. Mirza so’zi O’rta Osiyoda juda keng tarqalgan. Bu so’z ikki xil: a) Amir o’g’li; b) kotib, sekretar degan ma’nolarda ishlatiladi. A.G’ofurov mirza so’zi Amir Temur nomi bilan bog’liq deydi. Temur butun O’rta Osiyoni qo’lga kiritgach, o’zini amir (lashkaboshi) deb e’lon qildi. Chunki u xon avlodlaridan emas edi. Shuning uchun ham uni Amir Temur deb atadilar. Temur avlodini ajratish uchun uning bolalari mirzoda deb ataldi. Keyinchalik bu so’z mirzaga aylangan. Shundan boshlab kishilar bolalariga ham bu nomni ism sifatida qo’ya boshlagan. QQASSR Amudaryo rayonidagi Mirzaboshi toponimi Xiva xonligidagi mansabni ifodalaydi, ya’ni – “bosh kotib” degan ma’nodadir.

Fikr bildirish