Mirzatov Zanjirali
Mirzatov Zanjirali (1911, Chust tumani olmos qishlog’i — 1972.21.11, Qo’qon) — aktyor va rej. O’zbekiston xalq artista (1967). Moskvadagi o’zbek dra- ma studiyasida o’qigan (1929-30). 1930 y.dan Qo’qon shahar musiqali drama tea- trida ishlagan. M. serqirra aktyor bo’lib, ham lirik, ham xarakterli rollar ustasi sifatida tanil- gan, sahnada yuzdan ortiq obrazlar yaratdi: Kochkaryov («uylanish»), G’ofir («Boy ila xizmatchi»), Kalaf («Mali- Kai Turandot»), Majdiddin («Alisher Navoiy»), Karl Moor («Qaroqchilar»), Ashuraliev («Ayajonlarim»), Ikrom («Ufq») va b. Rej. sifatida «Farg’ona fojiasi», «Maysaraning ishi» (Hamza), «Muhabbat» (Tuyg’un), «General Rahimov» (K. Yashin), «Kotil» (uyg’un) kabi asar- larni sahnalashtirgan. Shuningdek, «Se- vaman, seni» dramasini yozgan. Ko’qon shahar madaniyat uyi qoshidagi xalq tea- triga 1979 y. M. nomi berilgan.