Mis rudalari
Mis rudalari — misning sa- noat ahamiyatiga ega bo’lgan mineralla- ri. Ular 170 dan ortiq bo’lib, shundan faqat 17 tasi sanoatda foydalaniladi. M.r. boy (mis 3%dan ortiq), o’rta (mis 0,3—1%), juda past (mis 0,3% dan kam) sifatli guruhlarga bo’linadi. Xal- kopirit CuFeS2(Cu—34,6%), bornit Cu5FeS4(Cu—52—65%), xalkozin Cu2S (Si—79,8%), kovellin CuS(Cu — 64,4%),malaxit Cu2[CO3][OH]2 (Cu- 57,4%) muqim M.r.dir. M.r.ning para- genetik bog’lanishi xilma-xil. Xalko- pirit ba’zi sulfid rudalarining gi- drotermal konlarida bo’ladi. Ko’pchilik konlarda u rudalarning asosiy tarkibiy qismidir. Xalkopirit o’rnida psev- domorfozalar hosil qilgan ikkilamchi mis sulfidlari — bornit, xalkozin va kovellinlar mis konlarining ik- kilamchi sulfidli boyish zonalarida keng tarqalgan. Malaxit — oksidlan- gan M.r.da eng ko’p uchraydigan mineral. M.r. tarkibida oltin, molibden, reniy va b. xam bo’ladi. M.r.ning muhim turla- riga mis-porfirli va mismolibdenli, mis-qumtoshli va slanesli, misnikel- li (sulfidli), polimetall, tomir- li, kvarssulfid li, skarnli (mis- vanadiyli), mis-kobaltli, misvis- mutli, mistemirli, mis-oltinli va b. kiradi. Jahonda ishlab chiqariladigan misning 90% sulfidli rudalardan olinadi. M.rg-konlari RF (Ural), Zakav- Kaze, Krzog’iston, AQSh, Chili, Kongo, Zambiyada bor. O’zbekistonda M.r. konla- ri Olmaliq rudali r-ni — Qalmoqqir, Saricheku, Qizota va b. joylarda mav- jud. Shulardan hoz. kunda Kalmoqqir va Sarichekuda M.r. qazib olinmoqda. Olmaliqning M.r. tarkibida Nodir komponentlar borligi jihatidan ular kompleksli hisoblanadi. Ulardan 15 dan ortiq eng Nodir ruda hosil qiluvchi ele- mentlar — mis, oltin, kumush, molibden, reniy va b. olinadi.