Miskin
Miskin (Arab. — faqir, bechora, baxtsiz) — maqom uslubi va shaklla- rida yaratilgan turkumli kuy va ashula yo’llari. O’tmishda yashab ijod etgan ba- stakorning taxallusi b-n atalgan. Tur- kum 5 qismdan iborat bo’lib, uning I, II va V qismlari «M.»III—IV qismlari «Adoiy I—II» nomi b-n mashhur. Ular tovushqatori, lad tuzilishi hamda kuy-ohanglari jihatidan o’zaro yaqin bo’lsada, asosan, usul zamini b-n FA- rklanadi. Jumladan, «M.I» Nasr, «M.P» soqiynoma, «M.III» («Adoiy 1») chapan- doz, «M.IV» («Adoiy II») tarona usulla- ridan birida, «M.V» Ufar doira usulla- rida keladi. «M.»yo’llari ifodali, ta’- sirchan, xilma-xil kayfiyat bag’ishlovchi badiiy barkamol asarlar sifatida gav- dalanadi. Ular cholg’u va ashular tarzida ijro etiladi. «M.»ashula yo’llaridan «Farhod va Shirin» musiqali dramasida (Xurshid, V. Uspenskiy, 1934-36) foy- dalanilgan.