Mistral (Mistral) Gabriela

Mistral (Mistral) Gabriela (ta- xallusi; asl ism-sharifi Lusila ga- doy Alkayaga) (1889.7.4, vikunya — 1957.10.1, Xempster, SSHA) — Chili shoirasi, pedagog, jamoat arbobi. 16 y. o’qituvchilik qilgan. 1922 y. Meksika ta’lim vazirligiga taklif qilingach, Meksika maktablari va kutubxonala- rini isloh qilish loyihasini ishlab chiqqan. 1924-46 y.larda Chili elchisi sifatida Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, AQShda ishlagan. BMT tash- kil bo’lgan davrdan Millatlar ligase ishlarida qatnashib kelgan. Birinchi she’riy to’plami — «o’lim so-netlari» (1914). Lirikasida ispan she’riyati an’- analari b-n indeyslar mifologiyasidagi animistik obrazlilik qo’shilib ketgan. «Noziklik» (1924) she’riy to’plamida onalik baxtidan maxrum ayolning dard- lari aks etgan. «Yakson qilish» (1938) she’riy to’plamida fashizm krralangan. M. «Tushkunlik» (1922), «Tala» (1938), «Taxtakach» (1954) kabi she’riy va «La’- natlangan so’z» (1950) publisistik maqrlalar to’plami mu-allifi. Nobel mukofoti laureati (1945).