Mixalkov Sergey Vladimirovich

Mixalkov Sergey Vladimirovich [1913.27.2 (12.3), Moskva] – rus yozuv- chisi, jamoat arbobi. Rossiyada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967), mehnat Qahramoni «(1973). M. Gorkiy nomida- gi adabiyot in-tida o’qigan (1935— 37). RSFSR Yozuvchilar uyushmasi boshq-aruvi raisi (1970-90). M.ning «bolalar uchun she’rlar» kitobi (1936) yoshlarni mehnatga muxabbat ruxdtsa tarbiyalaydi. 2-jahon urutii yillarida bir qancha ocherk, hikoya, hajviy she’r va feleton- lar yaratgan. «Xushchaqchaq quyon» (1963), «Suzmoq istayman» (1965) to’plamlari nashr etilgan. U «Tom Kenti» (1938), «Maxsus vazifa» (1945), «Maktanchoq quyoncha» (1951), «o’ziga yod-gorlik» (1953), «ko’pik» (1975), «aks sado» (1980), «Puerto Muertodagi qo’rqinchli tun» (1982) singari dramalar muallifi. Urushdan keyingi davrda yozgan «Tom tog’a va qizcha», «billur vaza», «o’ttiz olti va besh», «Sashaning kashasi», «Styopa amaki» va b. asarlarida bolalar hayoti, ularning o’ziga xos xarakteri ifodalan- gan. SSSR gimni matnini yozgan ( g. El- Registan b-n hamkorlikda). Ayrim asar- lari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As.: Uyimga ketaman, T., 1951. Ll:Aleksandrov V. P ., Sergey Mixalqov, M., 1983.