MIXIRAKULA

MIXIRAKULA (6-a.) — oq hunlar — eftaliylar sardori (515-6-a. o’rtasi). Shim.-G’arbiy Hindiston (poy- taxti — shakala sh., hoz. Sialkot)da hukmronlik qilgan. M. tasarrufida- gi mulklar Jamna — Gang vodiysi- ga, Gvaliorgacha tarqalgan. 528 y. hind hukmdorlari Birlashgan qo’shini tomo- nidan mag’lubiyatga uchragan, bu eftaliy- larning Hindistonga keyingi yurish- lariga barham bergan. Ularning ixti- yorida faqat Hind daryosi vodiysigina saqlanib qolgan. Hind xalqi tarixiy an’-anasida M. zolim, mustabid podshoh va shafqatsiz, qahrli istilochi sifatida aks ettirilgan.