Mixxat
Mixxat — qadimda Old Osiyoda qo’llangan, mix yoki ponachalarga o’xshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga o’yib tushirishdan iborat ideografii yozuv turi, mil. AV. 3ming yillik bosh- larida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushun- chalarning nomi rasmlar b-n ifodalan- gan, mas, oyoq tasviri «yurish», «turish», «olib ketish» ma’-nolarini anglatgan. Bunday belgilar miqdori 1000 tagacha etgan. Shumer M.i dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda — chapdan o’ngga qarab yozilgan. Mil. AV. 3ming yillikning o’rtalarida M.ning so’z-bo’g’inli shakli paydo bo’lgan, belgi- lar mikdori 600 tagacha qisqartirilib, rasm-belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda Shumer M.i akkadliklar (bo- billiklar va ossuriyaliklar) tomonidan o’zlashtirilib, Somiy tillarga moslash- tirilgan, belgilar soni 300 taga tushi- rilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan M. keyinchalik, mil. AV. 2— 1 ming yilli- klar davrida bir qancha qo’shni xalqlar tillari (Xett, Elam, urart, qad. fors va b.)ga moslashtirilgan holda qo’llana boshlagan. Bu davrda M.lar harftovush- bo’g’in yozuvlariga ancha yaqinlashib, shun- Day yozuvlarning kelib chiqishiga asos bo’lgan. Mil. AV. 1ming yillik oxirla- rida M.lar o’rnini oromiy yo’zuvi egal- lagan. M.da bitilgan juda ko’p yodgorli- klar — tarixiy yozuvlar, turli rasmiy hujjatlar, og’zaki ijod namunalari, lug’atlar, ilmiy asarlar, diniy matnlar saqlanib qolgan. Turli xalqlarga man- sub M.larni o’rganish, deshifrovkalash 19-a.dan, aniqrog’i, 1802 y.dan boshla- nib, 20-a.ning o’rtalarigacha davom etgan. Nemis, frantsuz, ingliz, Chex, rus olimla- ri M.larni deshifrovkalashda faol ish- tirok etib, bu sohada ko’plab i.t.lar olib borganlar. Ad.: Fridrix I., Istoriya Pisma, Per. s nem., M., 1979.