Miyonrudon, ikki suv orasi

Miyonrudon, ikki suv orasi — Farg’ona vodiysidagi tarixiy hudud. O’rta asrdagi yozma manbalarda til- ga olingan, unga Norin va Qoradaryo oralig’idagi erlar kiritiladi. Ilk bor Ibn Havqal va Istaxriy asarlari- da M. alohida viloyat deb keltirilgan. «Bo-burnoma» asarida ushbu hudud ra- botax o’rchini yoki ikki suv orasi deb nomlangan. Manbalardan uning O’zgan, Biskend, Sekat, Ettiqishloq, Xaylam, Shikit kabi shahar va qishloklari qayd etilgan. Bulardan Xaylam asosiy Mar- kaziy shahar bo’lib, hoz. Ketmontepa b-n taqqoslanadi. Shikit — bu hoz. Arslon- bob, Biskend — iz-boskan qishlog’i, Se- kat — Qo’qonqishloq (Paxtaobod) deb tax- min etiladi. M. qadimdan dehqonchilik markazlaridan hisoblanib, aholi zich joylashgan. Bu hududdan Sharqiy Turki- stonga savdo-sotiq va aloqa yo’li o’tgan. 10-a.da Islom dini qabul qilingan. M.da Ismoil Somoniynnng akasi Abul Hasan Nasr ibn Ahmad tug’ilgan.