Miyonxat

Miyonxat — o’zbek, tojik, uyg’ur mumtoz musiqa shakllarining tarkibiy kuy tuzilmasi. M. Sarxat (Daromad, Sar- xona)dan keyin keladigan kuy bo’lagi si- fatida gavdalanib, odatda, Dunasrp ula- nib boradi. Maqom sho»balari M.larida musiqa bayoni yangi, yuqoriroq darajaga ko’tarilib, kuy rivoji o’rta (asosiyga nisbatan kvarta, kvinta balandligida- gi) pardalarda ta’minlanadi. Hajmi jihatidan 1-2 kuy davri (ya’ni, 2-4 kuy jumlasi)dan tashkil topdi. Ashula yo’llarida bir yoki ikki she’riy baytni o’z ichiga oladi. M. kuy rivoji vositasi sifatida zamonaviy bastakorlarning chrlg’u va ashula asarlarida ham mu-him ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha, cholg’u asar- larida miyonxona deb yuritiladi.