Mobilizm
Mobilizm (lot. mobilis — xara- katchan) — er pusti (litosfera) materik bo’laklarining geologik davr mobayni- da bir-biriga nisbatan (bir necha ming km gacha) gorizontal va qutbiy siljishi haqidagi ilmiy faraz (gipoteza). M. fiksizm, ya’ni bunday siljishini in- kor etuvchi va er po’sti rivojlanishini vertikal harakatlarga bog’lovchi gipote- zaga muqobil qo’yiladi. Materiklarning siljishi haqidagi ilmiy dalillar b-n asoslangan da-stlabki gipoteza 1910-12 y.larda amerikalik olim F. Teylor va ne- mis geofizigi A. Vegenerlar tomonidan taklif qilingan. M.ning hoz. zamon va- rianti — «yangi global tektonika» (yosh plitalar tektonikasi), asosan, okeanlar tubi tuzilishi va magnit maydonlarini o’rganish natijalariga, shuningdek, Pa- leomagnitizm ma’lumotlariga asoslan- gan. Bu tasavvurlarga muvofiq, materik bo’laklaridan tashqari unga yondosh ocean tubi er po’stining mantiya yuqori qismi katta maydonlarini ham qamrab oluvchi yaxlit plita juda sekinlik b-n (yiliga o’rtacha 1 — 5 sm) harakatlanadi. Plita- lar okean o’rta tizmalaridan yosh burma- langan mintaqalarga va orollar yoyiga qarab har ikki tomonga siljib boradi. Bu erda o’zaro yaqinlashayotgan plitalar- dan birining old chekkasi egilma siniq bo’ylab ancha chuqurlikka cho’kadi, natija- da katta seysmik harakatlar vujudga ke- ladi; boshqa plitaning materik po’stida siqilishi oqibatida burma va surilma- lar hosil bo’ladi. Surilgan palaxsalar ortida cho’zilish strukturalari — Rift- lar vujudga keladi. Plitalar ajral- gan joydagi yoriqqa yuqori mantiyadan moddalar ko’tarilib Rift zonalarida yangi pust shakllanadi; bu b-n okean tubi maydoni kengayadi. Bir-biridan ajralib ketgan paleozoy materiklari — gond- vana (Jan. Amerika, Afrika, Xindi- ston, Avstraliya va Antarktidani o’z ichi- ga olgan) va Lavraziya (shim. Amerika, Evropa, Osiyoning shim.yarmi)ning Geolo- gik tuzilishi va ular materik yon bag’ri chiziqlarining o’zaro o’xshashligidan kelib chiqib paleotektonik bir bu- tunlik g’oyasi taklif qilingan. Buni paleoiqlim va paleomagnit ma’lumotla- ri ham tasdiqlaydi. Mezozoy va kayno- zoy davrlarida sodir bo’lgan siljishlar natijasida Tetis geosinklinal okeani butunlay barham topib, yangi — Hind va Atlantika okeanlari vujudga keldi. Ma- teriklar harakatining asosiy sababchisi sifatida mantiya moddasining konven- tsiya oqimi ko’rsatiladi.