Mochika

Mochika — Peruning shim.dagi so-hilbo’yi indeyslar madaniyati (taxm. mil. AV. 1ming yillikning 2-yarmi — mil. 1ming yillik o’rtalari). Uning markazi Moche daryosi quyi oqimida joylashgan (nomi shundan). M. uchun badiiy jihatdan yuksak darajada ishlangan sopol buyum- lar xos (ular inson va hayvon shaklida yasalgan). M. indeyslarining asosiy mashg’uloti — sug’orma dehqonchilik, baliq ovlash, ovchilik; ular oltin, ku- mush va mis qotishmasidan xabardor bo’lishgan. Kanallar va yo’llarning qoldiklari hozirgacha saqlanib qolgan. Binolar xom g’isht (Adobe) dan qurilgan, jamoat binolari — zinasimon pira- mida yoki supa (platforma) ko’rinishida bunyod etilgan. O’liklar mumiyolab dafn etilgan.