Moddiy farovonlik
Moddiy farovonlik – ja- miyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruxlarning moddiy ne’matlar b-n ta’minlanganligi; kishilar moddiy ehtiyojlarining krndirilish darajasi. G’arb mamlakatlari amaliyoti- da M.f. aholi daromaddari daraja- si b-n bog’lanib, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko’rsatkichi asosida izohlanadi. M.f.ni xalqaro taqqoslashlar uchun ham YAIM ko’rsatkichi qabul qilingan. Biroq, YAIM mamla- kat iqtisodiy taraqqiyotining muhim ko’rsatkichi bo’lsada, M.f.ni, uning mod- diy asosini aniq va to’la ifodalamaydi. Har qanday jamiyatda kishilar M.f.ning moddiy asosi shu mamlakat ning millim moddiy boyligidir. Ja- miyatning, kishilarning M.f. ularga tegishli bo’lgan, ular ixtiyoridagi mod- diy ne’matlar yig’indisiga hamda jo- riy moddiy i.ch. darajasiga, olinayotgan daromadlarga, iste’mol qilinayo-tgan moddiy ne’matlar miqdori va sifatiga bog’liq. Har bir muayyan davrda butun jami- yatning, uning barcha a’zolarining eng muhim moddiy extiyojlari, ya’ni hayotiy makonga va tabiiy resurslarga, i.ch. vo- sitalariga va iste’molbop ne’matlarga bo’lgan moddiy extiyojlari shu jamiyatda mavjud bo’lgan jami moddiy-ashyoviy boy- lik b-n qondiriladi. Jamiyatning, ki- shilarning tabiiy va ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlar b-n umuman va aholi jon boshiga ta’minlanganligi ular moddiy farovonligining asosidir. Shu- ning uchun hozirgi paytda dunyoda har bir mamlakat milliy boyligini, shu jumladan, milliy tabiiy va ishlab chi- karilgan boyligini hisoblashga alohida ahamiyat berilmoqda (q. Milliy boylik). Moddiy ashyoviy boylik tarkibidagi ta- biiy boylikning va ishlab chiqarilgan (jamg’arilgan) boylikning alohida- alohida hisobga olinishi, tabiiy boy- liklarni asrab-avaylab, undan oqilona foydalanib, i.ch. va jamg’arilgan boy- likning uzluksiz kengaytirilgan takror ishlab chikarilishi va ko’paytirilishi M.f.ni sakdash va oshirishning eng muhim shartidir. Moddiy-ashyoviy boylikning hajmi va sifati, uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan darajasi yuqori bo’lgan mam- lakatlarda M.f. ham, moddiy i.ch. sama- radorligi ham, aholi daromadlari ham, iste’mol darajalari ham yuqoridir. Biroq, G’arb mamlakatlari statistikasi va iqtisodchilarining e’tirof etish- laricha, rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida boylikning va daromad-larning aholi o’rtasida taqsimlanishi favqulodda yoki juda notekisdir. Kam rivojlangan va postsosialistik mamla- katlarning ko’pchiligida milliy moddiy- ashyoviy boylik aholi jon boshiga juda past darajada. Shuning uchun ham dunyoda 1,2 mlrd.dan ortiqroq kishi juda ham kambag’allikda, qashshokdikda yashamoqda. Milliy boylikni saqlash va ko’paytirishda va shu yo’l b-n M.f.ni ta’minlashda va oshirishda davlat va uning milliy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati muhim o’rin tutadi. Davlat bu-yurtmalari va investisiyalari ish joylarini ko’paytirishga, aholi daro- madlarining o’sishiga ijobiy ta’sir etadi. Soliqlarning va davlat xara- jatlarining optimallashtirilishi esa soliq yukini kamaytiradi, kishilar IX- tiyoridagi daromadlarni ko’paytiradi va M.f.ga ijobiy ta’sir etadi. Shu b-n birga M.f. va iste’mol bo’yicha optimal normativ va normalari, aholini ijti- moiy himoyalash mexanizmi va dastur- larining takomillashtirilishi katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin- gi yillarda mamlakatdagi barcha tabi- iy ne’matlar (erlar, er osti va er usti boyliklari va b.) umumilliy mulkka, boylikka aylandi, jamiyat a’zolari esa uning hammulkchilari bo’lib qoldilar. Shu b-n birga, ular xususiylashtiril- gan korxonalarning mulkchilariga ay- landilar; erga va b. mulklarga ijara asosida egalik joriy etildi; erlar yakka, guruh, shirkat, jamoa, korpora- TIV xo’jalik yuritish uchun, fermerlik va dehqon xo’jaliklari tashkil etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga taqsimlab berildi. Mamlakatning ish- lab chiqarilgan va jamg’arilgan moddiy boyliklari ko’paydi va takomillashdi; aholining nominal va Real daromadlari o’sdi, kundalik iste’molbop mollar va uzok, muddat foydalaniladigan tovarlar b-n ta’minlanganligi oshdi. Shu b-n bir- ga aholining keskin va katta darajada tabaqalanishining oldini olish hamda milliy moddiy boylik va farovonlikni kjsaltirish bo’yicha izchil ijtimoiy si- yosat amalga oshirilmoqda. Ad.: Karimov I.A., Ozod va obod va- tan, erkin va farovon qayot—pirovard MAK,sadimiz, T.; 2000; Menkyu N. GRE- gori , printsipi Ekonomiks. Per.s angl. Sank-Peterburg, 1999; Samuelson P.A., Nordxaus V., Ekonomika, 15-e izd., Per.s. angl., M., 2000. Erlis Aliqulov.