Modellash

Modellash — fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; ob’ektlar (jonli va jonsiz ti- zimlar, muhandislik konstruktsiyalari, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy jarayonlar xamda loyihalanadigan ob’- ektlar)ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va b. xil- larga bo’linadi. Fizik M.da tadqiqot tekshirilayotgan jarayonning fizik ta- biati va geometrik tuzilishi asl nus- xadagidek, ammo undan mikdor (o’lchami, tezligi) jihatidan farq qiladigan mo- delda olib boriladi. Fizik M. gidro- texnika in-shootlari, samolyot, kema va b.ni tekshirishda qo’llaniladi. Mate- matik M.da berilgan fizik jarayonlar- ning matematik ifodalari modellanadi. Elektr M. ham kengtarqalgan. Bunda AK- TIV, induktiv va sig’im qarshiliklardan foydlaniladi. Tirik organ izmlardagi boshqarish jarayonlarini o’rganish uchun kibernetik modellar yaratilgan. M.ning yana bir turi analog M.dir. U fizik tabiati har xil bo’lgan, lekin bir xil matematik (algebrik, differentsial va b.) tenglamalar b-n ifodalanadigan hodisalarning analogiyasi (o’xshashligi) ga asoslanadi. M. xar doim boshqa ilmiy va maxsus usullar b-n birga qo’llanadi. Avvalo, M. eksperiment b-n chambarchas bog’liq. Bi- ror hodisani uning modelida o’rganishni eksperimentning alohida xili deb ka- rash mumkin. Kime reaktorl arin i M. berilgan shartlarga muvofiq, istalgan o’lchamdagi apparatlarda o’tadigan kimyoviy texnolo- giya jarayonlarining natijalarini ol- dindan bilish uchun qo’llanadi. Ba’zi murakkab hodisalar (mas, tur- bulentlik, havo yoki suyuklik oqimining uzilish sohasidagi pulslanishlar va b.) uchun stoxastik M.dan foydalani- ladi. U hodisalarning ehtimolligini aniqlashga asoslanadi. Bunday modellar ayni hodisadagi ayrim jarayonlarning o’tishini to’la aks ettirmaydi, balki qandaydir o’rtacha, summar natijani be- radi. Ad.: Chavchanidze V. V..Gelman O. Ya., Modelirovanie v nauke i texnike, M., 1966; Usmonxo’jaev H. H., Mexanizm va mashinalar nazariyasi, T., 1970.