Model

Model (lot. modulus — o’lchov, me’yor) — 1) mashinasozlikda — ko’plab ishlab chiqarish uchun etalon (standart) sifatida ishlatiladigan namuna (mas, avtomobil, kiyim va b. modeli); biror mahsulot, konstruktsi-yaning turi, marka- si; 2) san’atda —a) buyum (mas, haykal) ning loy, mum, gips, yog’och va b. material- dan tay-yorlangan namunasi; keyinchalik undan qolip yoki Andoza olib, boshqa chi- damli material (bronza, granit, marmar, metall va b.) dan asl nusxa (monument, haykal) ishlanadi; b) rassom rasmini chizayotganda ma’lum vaziyatda turadigan kishi (naturachi) va, umuman, tasvirlana- digan ob’ekt; 3) qurilishda — bino, in- Shoot, mexanizm va b.ning ilmiy, amaliy maqsadlarda qo’llaniladigan kichik (ba’- zan, katta) masshtabdagi nusxasi, maketi; 4) matematika va mantiqda — muay-Yan AK- siomalar sistemasining M.li ob’ektla-ri bo’lib, xossalari va ular o’rtasidagi munosabatlar muayyan aksiomalarni qanoatlantiradi; 5) til-shunoslikda — biror (morfologik, grammatik va b.) sistema etaloni (namunasi)ni bildiruv- chi mavhum tushuncha; til sistemasi yoki uning biror tarmog’i ta’rifining umu- miy sxemasi. Keng ma’noda M. — biror ob’ekt yoki ob’ektlar tizimining obrazi yoki namunasi. Mas, erning modeli — globus, osmon va undagi yul-duzlar Mode- li — planetariy.