MODEXOQON

MODEXOQON, Botur Tangriqut (MOO’Du, Mode, Budu, Mata) (? — mil. AV. 174) — ulug’hun (Hunnu) xoqonligi (mil. AV. 209 — mil. 216) asoschisi, Tu- man Tangriqutnnng valiaxd o’g’li. Otasi boshqa o’g’lini valiaxd qilish maqsadida uni o’z raqibi yuechjilar huzuriga garov tariqasida jo’natib, ko’p o’tmay ularga xiyonatkorona hujum qiladi. M.x. ot- asining hiylasini fahmlab vaqtida qochishga ulguradi. So’ng, atrofiga ishon- chli odamlarni to’plab, otasi va o’gay ukalarini qatl qiladida, Tangriqut bo’ladi (mil. AV. 209-174). M.x. otil ganda o’zidan hushtak ovozi chiqaruvchi o’q-yoy ixtiro qiladi, muntazam qo’shin tuzib, avval tungg’us (dung xo’)larni tor- mor keltiradi, Hunnu, chushe, shinli kabi hun xonliklarini va Dingling (to’ro), Ge- kun (qirg’iz) elatlarini birlashtirgach, qudrati yanada ortadi, keyin Xitoyga yurish qilib, hunlarnipg xitoylar isti- lo qilgan erlarini ozod etadi. Hunlar davlatining kun sayin qudratli bo’lib borayotganini ko’rgan ko’plab Xitoy sar- kardalari M.x. tomoniga o’tadilar. Mil. AV. 200 y. Xan sulolasiga mansub impe- rator Govzu (mil. AV. 206-195) 325 ming kishilik qo’shin b-n M.x.ga qarshi urush- ga otlanadi. M.x. bundan xabar topib, 400 ming otliq askar b-n Govzu qo’shiniga peshvoz chiqadida, ularni Fingching (do- tung) sh. sharqidagi bayting adirida qurshab oladi. Ammo, 7 kun deganda gov- zu ochlikdan birin-ketin qirila boshla- gan o’z ko’shinini vaziri ishlatgan bir hiyla tufayli qurshovdan olib chiqib ketishga muvaf-FAQ bo’ladi [mazkur voqea Xitoy tari-xida «bayting muhosarasi (qurshovi)» nomi b-n mashhur]. Shundan so’ng Govzu, garchi qurshovdan qutilib chiqqan bo’lsada, engilganini tan olib, qizini M.x.ga xotinlikka beradi (mil. AV. 192) va hunlarga xiroj tariqasida kimxob, shoyi, atlas, sharob, g’alla kabi mahsulotlarni yuborib turish majbu- riyatini oladi. M.x. ham, o’z navbatida, agar yuqoridagi majburiyat to’la-to’kis ado etilsa, Xitoyga hujum qilmaslikni o’z bo’yniga oladi. Mil. AV. 177-176 y.larda M.x. Uyshun, qang’li (Qonqa), yo’Ji (yuechji) va aorslarnk bo’ysundirib, Mar- kazlashgan yirik xoqonlik tuzadi. Uning davlati Sharqda ulug’muhit (tinch okean) dan g’arbda Kaspiy dengizigacha, shim. da Boyko’l (Baykal) va Enasoy (Enisey) dan Jan. da Buyuk xitop devori va shim. Hindi-stongacha bo’lgan hududni egalla- gan. Abduxoliq Aytboev.