MODDIY RAG’BATLANTIRISH

MODDIY RAG’BATLANTIRISH kishilarning o’z mehnat natijalari- dan manfaatdorligini ta’minlash- ga, mehnatga faol jalb etishga, ish va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan iqtisodiy shakllar va tadbirlar tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yuritish, mehnatni tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. M.r.da xo- dimlarning bajarayotgan ish sifati, kasb mahorati, mehnat in-tizomi, shax- siy tashabbuskorligi, mehnat jarayonini takomillashtirish va sifatini oshirish borasidagi takliflari hisobga olina- Di. M.r.da, maosh, ish haqi darajasi va mukofot tizimi muhim axamiyat kasb eta- Di. M.r. tizi- miga maosh mikdorini oshirish, shaxsiy pul mukofotlari, sovg’alar be- rish, xodimlar ish sharoitini yaxshilash, sog’lig’ini saqlash bo’yicha tadbirlar va b. kiradi.