Moddiy nuqta

Moddiy nuqta – kuzatilayotgan sharoitda kattaligi va shakli ahamiyatsiz bo’lgan harakati o’rganilayotgan jism. Muayyan jismni M.n. deb qabul qilish mumkin yoki mumkin emasligi jismning o’lchamlariga emas, balki masalaning shartlariga bog’liq. Mac, o’rtacha radiu- si 6371 km bo’lgan er shari Quyosh atro- fidagi orbitasida har sekundda 29,75 km dan yo’l bosib, bir yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Bunday sharoitda Er sharining kattaligi, shakli va uning ichida sodir bo’layotgan murakkab ja- rayonlar uning orbita bo’ylab harakati o’rganilayotganda ahamiyatsiz bo’ladi. Demak, erning Quyosh atrofidagi orbi- ta bo’ylab harakati o’rganilayotganda uni M. n. deb qabul qilish mumkin. Ammo Er sirtidagi biror transport vosita- sining harakati o’rganilayotgan bo’lsa, bunday sharoitda er sharining kattali- gi va shakli, albatta, e’tiborga olini- shi shart, ya’ni bu sharoitda erni M.n. deb kabul qilish mumkin emas. M.n. tu- shunchasi fizika faniga oid juda ko’p hodisalarni tushuntirishda va masala- larni hal etishda katta yordam beradi.