Modern

Modern (Frans. moderne — eng yangi, zamonaviy) — 19-a. oxiri —20-a. boshlarida Evropa va Amerika san’atida mavjud bo’lgan badiiy uslub. M. turli mamlakatlarda turlicha ataladi: Angliya, Frantsiya, Belgiya, AQSh da «ar-nuvo» (Art Nouveau), Germaniyada «yugendstil» (Jugendstil), Avstriyada «sesission» (Sezession), Italiyada «Liberti» (Liberty), Ispaniyada «modernizm» (modernismo) va b. M. eklektizmdan qutulishga va «yangi uslub» (yagona sintetik san’at) yaratishga harakat qilishlar natijasida yuzaga kel- gan; industrial jamiyat jadal rivojla- na-yotgan, ijtimoiy qarama-qarshiliklar o’tkirlashib borayotgan sharoitda shak- llangan. M. tarafdorlari klassik san’- at shakllaridan xolis bo’lishga intil- dilar. Jumladan, me’morlikda qat’iy rejali order tizimi unsurlaridan voz kechildi. Aynan shu me’morlikda M. ning o’ziga xos tomonlari o’zining yaqqol ifodasini topdi; me’morlar yangi davr yutuklari, yangi qurilish va bezak Mate- riallari (temir-beton, metall, oyna va b.) dan foydalanish, xom ashyolar texno- logiyasi, texnika qurilish konstruktsi- yalari vositalaridan ijodiy foydala- nib, binolarni erkin rejalashtirish, simmetriya qonuniyatlaridan chekinish hisobiga yangi o’ziga xos uslub va kom- pozisiyalar yaratishga erishdilar, ular yaratgan bino kompozisiyasi va unsurlari yagona naqsh ritmi va asar g’oyasining ob- razliramziy mazmuniga bo’ysunadi. 19-a.ning oxiriga kelib sanoat- ning jadal rivojlanishi M. ning keng ko’lamda rivojlanishi va yoyilishiga ham sabab bo’ldi. Dastlab Angliyada, key- inchalik boshka Evropa mamlakatlariga keng tarqala boshladi. M. tarafdorlari barcha san’at turlarining yagona maj- mui (ya’ni san’atlar sintezi)Pj yaratish orqali go’zallik muhitini yaratishga harakat qidtsi. M. uslubida qurilgan binolarning konstruktiv tuzilishi va bezak echimini ajratish qiyin, bi- noning ichki fazoviy echimi binoning tashqi ko’rinishini belgilagan. Bino- ning tashqi ko’rinishi esa shakllar boy- ligi va egiluvchan chiziqlar mo’lligi b-n ajralib turgan (belgiyalik Anri Van de Vedde, ispaniyalik A. Gaudi, Rossiya- lik F.O. Shextel va b.ning asarlari). Dastgoh va amaliy bezak san’ati o’zaro bir-biriga qo’shilib uyg’unlashishi ham M. ga xos: rassomlik asari namoyon tarzi- da, haykaltaroshlik esa relef — bo’rtma tasvir shaklida o’z mustaqilligini yo’qotib xona (bino) majmuiga qo’shilib ketadi. Grafikada M. ningrivoji ki- tobat san’ati va jurnallar, plakatlar nashr etilishi va keng tarqalishi b-n bog’liq. Bu davrda grafika (litogra- fiya, ksilografiya, kitob san’ati) yuk- sak taraqqiy etdi (grafikada in-gliz o. Berdsli, norveg E. Munk va b., rossiyalik A. Benua, K. Somov va b.; plakatchi Fran- suz A.de Tuluz-Lotrek, E. Grasse va b.). Amaliy bezak san’atida M. keng ri- voj topdi, amaliy san’at ustalari bu- yumlarni ifodali shakllarda yaratishga harakat qilib, bezak va shakllarda egri chiziqlarga e’tiborni qaratdilar hamda yassi tekis shakllardan foydalandilar (ispan A. Gaudining sopol va metal buyumlari, belgiyalik X. Van de Velde va shotlandiyalik makentosh mebellari, Rossiyada — Abramsevo va Talashkino ustaxonalarida tayyorlangan buyumlar va b.). O’zbekistonda M. uslubiga xos Xu- susiyatlar 19-a. oxiri —20-a. boshlari- da me’morlik va rassomlik san’atida kuzatiladi. Toshkent, Qo’qon, Buxoroda qurilgan ayrim binolarda shu xusu- siyatlar (M. belgilari)ni ko’rish mum- kin: Toshkentdagi Knyaz N. K. Romanov saroyi (hoz. Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasi va b.); grafikada bu US- lublarni 1895 y. nashr etilgan «O’rta Osiyo» almanaxida, rangtasvirda esa A. Volkov, Usta Mo’min (A. Nikolaev), V. Ufimtsev asarlarida ko’rish mumkin. Ne’mat Abdullaev.