Modernizm
Modernizm – 1) 19-a.ning 2-yarmi -20 a. ning 50-60-y.larida Evropa, AQSh adabiyoti va san’atida rivoj top- gan oqim va yo’nalishlarning umumiy nomi. Dastlab, Frantsiyada tashkil top- tan simvolizm, akmeizm, impressio- nizm (mas, 1863 y.da Parijda ochilgan «Xo’rlanganlar saloni») vakillari, musiqada K.Debyussi, M.Ravel kabi kom- pozitorlar ijodiga nisbatan qo’llangan. M. dekadentlik termini b-n ham yuri- tilgan. Badiiy ijodning mumtoz an’a- nalaridan voz kechish, ijodkor o’z shaxsiy kechinma, taassurot va tasavvurlarini ustun qo’yishi, badiiy shakllarni yangi- lash jarayoniga alo-hida ahamiyat berish ular ijodiga xos bo’lgan xususiyatlardir. M. vakillari realizmga karshi kurashdi, klassisizm (akademizm)ga xos bo’lgan ijodiy tamoyillarni inkor etishga in- tildi. M. nafaqat mazkur davr san’ati, balki ilm (3. Freydning psixoanaliz nazariyasi, F. De Sossyurning struktu- ral lingvistikasi, A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, N. Vinerning ki- bernetikasi) va falsafa (F. Nisshe, A. Bergson, M. Xaydegger va b.ning g’oyalari) b-n ham bog’liq bo’lgan. 20-a. boshida rivoj topgan Avangar- dizm yo’nalishlarida 19-a. M. printsi- plari o’z rivojini topdi. M.ning yangi bosqich xususiyatlari tasviriy san’at- da an’anaviy tasvirlash usullaridan butunlay voz kechish, Real obrazlar sha- klini o’zgartirish yoki umuman yo’qotish (kubizm, ekspressionizm, syurrealizm, dadaizm) kabi ko’rinishlarda namoyon bo’lgan. Musiqada M. kuy va lad tamoy- illarini inkor etish (dodekafoniya, aleatorika, sonoristika), adabiyotda — bayonning mantiqsizligiga asoslanish (dadaizm, ong oqimi, futurizm) etakchi omilga aylangan. M.ning eng yirik na- zariyotchisi Ortega-i-Gas-set san’atning xalqchilligiga qarshi chiqtsi: «moderni- stik san’at… xalqqa begonadir, buning ustiga u xalqqa… zid ekan. Haqiqiy san’- at san’atkorlar uchun, omma uchun emas…». Bu ijodiy qarashlar 20-a.ning 2-yarmida tashkil topgan abstrakt san’at, minima- lizm, absurd drama kabi postmodernism yo’nalishlarida ham o’z aksini topdi. 1960-70 y.lar san’atida paydo bo’lgan M.ning asosiy tamoyillariga qarshi bo’lgan pop-Art, op-Art, kinetik san’at, giperrealizm kabi yo’nalishlarni ba’zi tadqiqotchilar M. tizimi nuqtai nazari- dan baholashgan. M. O’zbekistonga 20-a. boshlaridayoq kirib kelgan (A. Nyurenberg, V. Ufimtsev, A. Volkov, A. Nikolaev, O’. Tansiqboev va b.). 1970-y.lar oxiridan M.ning ko’rinishlari ayrim o’zbekistonlik ras- somlar ijodida ko’zga tashlanadi (mas, abstrakt san’at — V. Oxunov, N. Shin; giperrealizm — A. Ikromjonov, S. Rax- Metov kabi). O’zbek adabiyotshunoslari esa M.ga xos ayrim unsurlar 1920-30 y.lar adabiyotida ko’zga tashlanganini, bu jarayon 1990-y.larda nisbatan kuchayga- nini ta’kidlaydilar; 2) salbiy ma’no- da — ijodda modanint ustunligi, ya’ni ijodiy uslublar mohiyati, badiiy asar- lar mazmunining tez-tez o’zgarib turuvchi badiiy ehtiyoj va didlarga bo’ysunishi. Shu ma’noda (modaga bo’ysunadigan) M. haqiqiy novatorlik, yangilanish jarayo- niga qarama-qarshidir. Ad.: Modernizm, M., 1980; Groys B., Utopiya i obmen, M., 1993. Ne’mat Abdullaev, Olimjon Bekov, Bahodir Karimov.