MO’JIZA

MO’JIZA (Arabcha — ojiz qoldiruvchi) — diniy ta’limotga ko’ra, oddiy insonlar qilishdan ojiz, payg’ambarlargagina Xudo tarafidan berilishi mumkin bo’lgan xislat, Xudoning xohishi bilangina amalga oshadigan hodisa. Ko’chma ma’noda — umuman har xil odatdan tashqari, kishini hayron qoldiruvchi hodisa, ish yoki narsa.