MO’LA

MO’LA — qadimgi va o’rta asr shahar, qal’a, ko’shk va qo’rg’onlarning devorlariga qurilgan tayanch inshoot. Mo’lalar, asosan, devorlarni mustahkamlash uchun bino qilinib, ulardan mudofaa maqsadida ham foydalanilgan.