MO’LDATOV

MO’LDATOV — ichki Tyanshandagi tog’tizmasi. Qirg’izistonda, So’nko’ldan Janubda. G’arbdan sharqqa cho’zilgan. Ko’ko’meren, So’nko’l va Norin daryolari oralig’ida. Uzunligi 150 kilometr. Eng baland joyi 4100 metr. Asosan, ohaktoshdan tuzilgan. Yon bag’irlarining quyi qismi tog’dasht o’simliklari bilan qoplangan, undan yuqorida qoraqarag’ay, archa va boshqalar o’sadi.