Molibden
Molibden (Yun. molibdos — qo’rg’oshin; lot. Molybdaenum), Mo — Mendeleev davriy sistemasining VI guruh elementi. Tartib rakami 42, at. m. 95,94. M.ni 1778 y. molibdat kislota- si va uning tuzlari sifatida K. Sheele ochgan, 1790 y. P. Gelm ajratib olgan metall holdagi M. namunasi tarkibida uglerod va M. karbidi bo’lgan. Metall holdagi sof M.ni 1817 y. Y. Ya. Berseli- US olgan. M. tabiatda kam tarqalgan, er po’stidagi massasi — 3-10~4%. 20 ga yaqin minerali mavjud, bulardan muhimi grafitni eslatuvchi molibdenit MoS (molibden yaltirog’i)dir. Povelit Sa- MoO4, molibdit Fe2(MoO4)3nH2O va vulfenit Rmoo4 minerallari ham sa- noat ahamiyatiga ega bo’lib, kvarslangan jinslar va gidrotermal hosilalar tar- kibida uchraydi. Rudalarda M. sheelit, volframit, kassiterit, mis va temir sulfidlari, ba’zan berill toshi b-n assosiasiyalangan holda bo’ladi. AQSh, Meksika, Chili, Kanada, Norvegiya, Av- straliya va Rossiyada konlari mavjud. M.ning tabiatda massa soni 92, 94, 95, 96, 97, 98 va 100 bo’lgan 7 ta barkaror izotopi bor. Oksidlanish darajasi +2 dan +6 gacha. M. paramagnit, 0,916 K da o’ta o’tka- zuvchanlik holatiga o’tadi, mexanik xossalari uni i.ch. paytidagi mexanik va termik sharoitlarga bog’liq. Oddiy sharoitda barkaror, 400° dan yukrrida oksidlanadi, 600° dan yukrrida esa M. (III)- oksid MoO3 ni hosil qiladi. Ftor, xlor va brom b-n qizdirilganda galoge- nidlar vujudga keladi. Oltingugurt va vodorod sulfid b-n qizdirib yuqori haroratlarda M. (P)sulfid MoS2 oli- nadi, kremniy b-n 1200° dan yukrrida silisid beradi. M. zar suvi, nitrat kislotasi va vodorod Per-oksidda eriy- Di, sulfat va nitrat kislotalari ara- lashmasi unga tez ta’sir etadi. Oddiy sharoitda ishkrrlar eritmasi ta’siriga chidamli, ammo qizdirilganda qattiq eritmalar hosil qiladi. 1000° da 100 g M. 0,5 sm3 vodorodni yutishi mumkin. 1100-1200°da uglerod, uglevodorodlar va uglerod (P)-oksid M. b-n birikib, Mo2s ni hosil qiladi. Uning MoV2, Mov va Mo2v5 kabi boridlari ma’lum. Ular kulrang kristallar bo’lib, suv va organik erituvchilarda erimaydi. Elek- tron asboblarda, kermetlar va olovbar- dosh materiallar sifatida ishlatiladi. M.ning geksakarbonili mo(so)() suvda erimaydi, kontsentrlangan H2SO4, HNO3, HC1 ta’sirida parchalanadi. Undan metallar, keramik bu-yumlar va grafitni krplashda (molibdenlashda) foydalaniladi. M. diselenid MoSe2 qattiq moylagich sifatida qo’llanadi. M. disilisid MoSi2 esa elektr pechlari qizdirgichlari materi-Ali sifatida va molibden buyumlarni qoplashda ishlati- ladi. Sanoatda M. rudalardan ajratib olinadi. M.ni alyumotermiya yo’li b-n MoO3 dan olish istiqbolli usullardan hisoblanadi. M. po’lat i.ch.da legirlovchi qo’shimcha, aviasiya, raketa va atom texnikasida is- siklikka chidamli hamda antikorrozion qotishmalar tayyorlashda qo’llanadi. Ad.: Bazarova J. G., Slojnie oksidi molibdena i Volframa s elementami 1— IV Grupp., M., 1990; Axmetov N. S, Obtshaya i neorganicheskaya ximiya, M., 1981. Qudrat Axmerov.