Molibden rudalari

Molibden rudalari(yunoncha molibdos – qo`rg`oshin) – molibdenning sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan mineral birikmalari. Asosiy agregatlari molibdenit va novellit. Molibden rudalarida 0,1% dan 1 % gacha va undan ko`proq molibden bo`ladi. Molibden temir, nikel, kobalt bilan birikmalar hosil qiladi, po`latning qattiq (mustahkam) bo`lishiga yordam beradi. Molibden ruda konlari Armaniston, Shimoliy Kavkaz (Tirniauz), Qozog`iston (Qo`ng`irot, Bo`zshako`l), O`zbekistonda esa Olmaliq, Qoramozor, Zirabuloq-Ziyovuddin, Nurota tog`larida, chet ellarda – AQSh, Chili, Kanada va Norvegiyada bor.