Molibdenit

Molibdenit, molibden yaltirog’i — sulfidlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi MoS2; 60% mo va 40% S dan iborat. Har vaqt oz mikdorda Re qo’shimchasi bo’ladi. Geksonal singoniya- li. Varaqsimon va tangasimon agregat- lardan iborat. Rangi qo’rg’oshsimon kul- rang, metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 1, zichligi 4620— 4800 kg/m3. M. nihoyatda yuqori t-rali sharoitda Grey- zenli, kam hollarda pegmatitli konlarda volframit, topaz, kasseterit, flyuorit, xalkopirit, pirit va b. minerallar b-n birga hosil bo’ladi. Renit izotoplar- dan birining izobar o’zgarishi hisobiga nihoyatda qimmatbaho hisoblangan radi- ogenli izotop hosil bo’ladi. M.ning Yi- rik konlari kontaktli metasomatik gra- nat-piroksenli skarnlarda, shuningdek, gipotermal va mezotermal kvarsmolib- denli ruda tomirlarida mavjud. Yirik konlari O’rta Osiyo, Kavkaz, AQSh, Mek- sika, Norvegiyada, O’zbeki-stonda esa, asosan, Olmaliq atrofida bor.