MOLIBDENLI O’G’ITLAR

MOLIBDENLI O’G’ITLAR – tarkibida o’simliklar o’zlashtira oladigan shaklda molibden bo’lgan mikroo’g’itlarsan biri. M.o’. sifatida ammoniy molibdat, ammoniynatriy mo- libdat, molibdenli superfosfat va tar- kibida molibden bo’lgan turli sanoat chiqindilari qo’llanadi. Odatda, vodorod ioni ko’rsatkichi rn 5,2 dan past bo’lgan tuproqlarda o’simliklar M.o’. ga ko’proq zarurat sezadi. Ekinlardan dukkaklilar (no’xat, soya, beda, sebarga), sabzavot ekin- lari (karam, pomidor), texnika ekinlari (qand lavlagi, zig’ir) va b. ancha talabchan. Mas, molibden superfosfatdan ekish paytida erga 50-100 kg/ga mikdorida solinadi.