MOLIYAVIY MEXANIZM
MOLIYAVIY MEXANIZM – moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan o’rnatilgan shakllari, turlari va metodlari tizimi. Davlat tomonidan tartibga solishning darajasiga bog’liq ravishda ikkiga bo’linadi: direktiv moliyaviy mexanizm va tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm. Direktiv moliyaviy mexanizm davlat bevosita ishtirok etadigan munosabatlar (soliqlar, davlat krediti, budjet jarayoni va boshqalar) bilan bog’langan. Tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm esa davlat manfaatlariga to’g’ridan-to’g’ri tasir etmaydigan moliyaviy munosabatlardan (masalan, korxona ichki xo’jalik faoliyatini tashkil etish) foydalanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab (aniqlab) beradi.