MOLIYAVIY RESURSLAR
MOLIYAVIY RESURSLAR – davlat va korxonalar pul mablag’lari maqsadli fondlarining majmuyi. Ular o’sishining asosiy sharti milliy daromadning ko’payishidir. Mamlakatning moliyaviy resurslari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan yig’ma moliyaviy balansda o’z ifodasini topadi. U o’z ichiga davlat budjet tizimi, hukumatning nobudjet fondlari va turli mulkchilik shaklidagi korxonalar (amortizatsiya va ularning ixtiyorida qoladigan foyda summasi) ning resurslarini qamrab oladi.