Mo’ljar

Mo’ljar (mo’g’ulcha Bo’ljar — uchrashuv joyi va vaqti) — 1) harbiy qismlarning kelishuviga binoan uchrashuv joyi, manzili va vaqti; 2) Jangovar harakatlar vaqtida askarlar tomonidan qaziladigan chuqur, okop. Merganlar Mo’ljar ichida joylashib, dushmanni kamondan yoki o’t ochish qurollaridan nishonga olgan; 3) qal’a, qo’rg’on singari istehkomlarning gird-atrofida qaziladigan xandaq.