Momaqaldiroq

Momaqaldiroq — qisqa vaqt davom etadigan, chaqmoq chaqib, elektr razryadi — yashin b-n kuzatiladigan at- mosfera hodisasi; yashin yo’li bo’ylab havoning tezda isib kengayishidan hosil bo’ladigan portlash to’lqini. M. vaqtida bulutlar orasida yoki bulut b-n er orasi- da yashin paydo bo’lib, qattiq gumburla- gan tovush chikddi. Tovush yashin yo’lining har xil nuqgalaridan kuzatuvchiga bir vaktda kelmaydi, balki bulut b-n er sirtida bir necha marta qaytib, har xil vaktda kelgani uchun gumburlash davomli bo’ladi. M., odatda, 15-20 km gacha eshi- tiladi. M. yomg’irli bulutlarda hamda namlikka to’yingan, harakatchan havo massasida vujudga keladi. Yomg’irli bu- lutlarning bal. 7-15 km, yuqori qismi t-rasi 15° -20° dan oshmaydi. Ular suv tomchilari va muz kristallaridan ibo- rat. M.li bulutlarning hajmi bir necha yuz KM1 dan ming km3 gacha bo’lib, undagi suv va muz zarralarining massasi 106 — 107 t, potentsial energiyasi 1013-10’4 J, ya’ni megaton quvvatli termoyadro bombasining energiyasiga teng. M.dagi elektr zaryadi 10-100 kl, orasidagi ma- Sofa 1-2 km dan 10 km gacha, elektr raz- ryadlari vaqtida elektr toki kuchi 10— 100 A gacha etadi. Sayyoramizda bir vak- tda 1800 tagacha M. kuzatilishi mumkin. M shim. ken-gliklarda juda kam buladi, lekin yoz oylarida Markaziy Arktikada ham kuzatiladi. O’rta kengliklarda yil- ning 10— 15 kuni M. b-n o’tadi. M. ezda quruqpikda, qishda okeanlar ustida ko’p bo’ladi. M. subtropik erlarda juda kam bo’lib, ek-vatorda havo harorati yuqori, namligi katta bo’lgan paytlarda kuchli o’tadi.