Mombasa

Mombasa —Keniyadagi shahar, Hind okeanidagi marjon orolida, materik b-n damba va ko’prik orqali bog’langan. Sohilbo’yi provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Sharqiy Afrika va mamlakatning Yi- rik porti (yillik yuk ortib-tushirish 6 mln.t dan ortiq) bo’lib, chuqur suv osti prichallari b-n jihozlangan, oke- an kemalari ham kira oladi. T.y. orqali Uganda va Tanzaniya b-n bog’langan. Aero- porti xalqaro axamiyatga ega. Ne-ftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat (go’sht k-ti, un tortish, sholi oqlash), tamaki, to’qimachilik sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Shahar 12-a.dan ma’lum. Yirik savdo shaxri bo’lgan. 1593 y.dan Portugali- yaning Sharqiy Afrika sohillaridagi mustamlakasi markazi edi. 18-a.dan um- moniylarning Mazruiy sulolasi qo’l ostiga o’tdi. 1837 y.dan Zanzibar Sulton- ligi tarkibida bo’ldi. Me’moriy Yodgor- liklardan Iisus forti (16-a.), soborlar, masjidlar, ibodatxonalar saqlangan. Turizm rivojlangan. Dengiz kurorti.