Mo’minov Qodir
Mo’minov Qodir (1947.14.10, tosh- kent) — raqqos, baletmeyster. Uzbeki- ston xalq artisti (1997). O’zbek xoreogra- fiya bilim yurtini (1969), Moskva teatr san’ati in-tini (1979) tugatgan. 1969— 70 y.lar Navoiy teatrida raqqosbaleron, 1971-75 y.lar «shodlik» ansamblida yakkaxonraqqos, 1979-89 y.lar badiiy rahbar, bosh baletmeyster, 1994 y.dan Uzbekiston davlat ashula va raqs ansam- blida badiiy rahbar, bosh baletmeyster. M. rake usuli va tasviriy vositalari- ning anikligi, ijro etilayotgan raqs maz-munini tomoshabinga osonlik b-n etkaza bilish qobiliyati b-n ajralib turadi. Raqqos sifatida «cho’pon», «An- dijoncha», «lagan», «so’nmas dovyurak», «Xorazmcha», «Dashnobod», «Baliqchi va baliqcha», «Do’stlik», «Tohir va Zuhra» (D. Jabborova b-n) kabi raqslarni ijro etgan. «Sayil», «katta o’yin», «Soqiynomai Savti Kalon», «Qashqarchai Mo’g’ulchai Dugoh», «Uzbekiston Vatanim mening», «Zarafshon vohasi raqslari», «Buxoro naqshlari» kabi raqs-syuitalar, «Dilxiroj», «Gulla-yashna hur Uzbeki- ston», «Zilola», «Norim-norim», «An- Dijon polkasi», «Baxtiyor yoshligim» va b. raqslarni sahnalashtirgan. M. hakida «Mardimaydon» (1990) filmi suratga olingan.