Momohavo

Momohavo (qad. yahudiycha va is- lom manbalarida Havvo — hayot manbai) — Islomga ko’ra, Odamatonkt xotini, birinchi ayol va inson zotining onasi (Injilda Eva nomi b-n ma’lum). M. Oda- matoning qovurg’asidan yaratilgan, deb sharhlanadi. U Iblisning so’ziga kirib, Odam-Atoni man qilingan mevani totib ko’rishga undaydi. Shu sababli M. Odama- to b-n jannatdan chiqarilib, erda yashash- ga mahkum etiladi. Ular Makka yaqinida yana uchrashishadi. M. Odamato o’limidan ko’p o’tmay qazo qiladi va uning yoniga dafn etiladi.