Monada
Monada (Yun. monas — yagona, bo’linmas) — turli falsafiy ta’li- motlarda borliqning tuzilish element- larini ifodalash uchun ishlatiladigan tu-shuncha: pifagorchilar ta’limotida son, neoplatonizmda yagonalik. J.Bruno fikricha, M. voqelikning jismoniy va ayni vaqtda psixik elementa. M.lar haqidagi ta’limot (Monadologiya)ning asoschisi g. Leybnis hisoblanadi. Uning fikricha, M. ruhiy tabiatga ega bo’lgan, butun dunyoni o’ziga kamrab, aks etti- ra oladigan oddiy (bo’linmas) va faol birlamchi Substan-tsiyadir. Monadologiya g’oyasi 19-a.da nemis faylasufi I. Ger- Bart, g. Lotse, 20-a.da E. Gusserl (Ger- maniya), A. Uaytxed (Buyuk Britaniya) va b.ning qarashlarida o’z aksini topdi.