Monako
Monako — Monako poytaxti. O’rta dengiz bo’yidagi dengiz bo’yi Alp tog’larining turtib chiqqan qoyali qismida joylashgan. Aholisi 2 ming kishi chamasida. O’rta dengiz bo’yidagi port. M. — yirik okeanografiya marka- zi: i.t. in-ti, muzey, Akvarium; xalqaro gidrografiya byurosi ishlab turibdi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, farmasevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Botanika bogi, mu- zeylar, kutubxona bor. Me’moriy Yodgor- liklardan saroy (16— 19-a.lar), sobor va b. saqlangan. Turizm rivojlangan, kurort shahar.