Mongoliya oltoyi

Mongoliya oltoyi – mongo- liya va Xitoydagi tog’sistemasi, ol- toy tog’larining Jan.-Sharqiy qismi. Shim.-g’arbdan Jan.-sharqqa 1000 km ga cho’zilgan, eni 150-300 km. Eng baland joyi 4362 m (Munxxayrxon-o’la tog’i). Bo’ylama tektonik vodiylar b-n ajral- gan o’zaro parallel tizmalardan iborat. Tog’tepalari platosimon. M. O., asosan, paleozoy kristalli slaneslari, porfir va granitlardan tuzilgan. Tog’tepalari- da doimiy qor va muzliklar (eng kattasi- ning uz. 20 km) bor. Sernam Jan.-g’arbiy yon bag’ri o’rmon, tog’etaklari dasht, tog’ tepalari Alp o’tloqlari, shim.-Sharqiy yon bag’ri dasht va chala cho’ldan iborat. M.o.ning davomi Gobi Oltoyidir.