Moniylik
Moniylik — 3-a.da Eronda Vu- judga kelgan din. Asoschisi Moniy. M. ko-inotda nur b-n zulmat, ruhiy asos b-n moddiy asos, yaxshilik b-n yomon- lik o’rtasidagi o’zaro kurashni e’tirof etishga asoslanadi. Hyp, ruhiy asos, yaxshilik olamida Xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. M.ka ko’ra, ikki olam kurashi falokat b-n tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. M. ta’li- motiga ko’ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi)dan iborat mavjudot bo’lgani uchun zulmat kuchlari- ga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. M.da zardushtiylik va xri- stianlik g’oyalari mavjud. M. dunyoning ko’p mamlakatlariga, jumladan, Itali- yadan to Xitoyga qadar tarqalgan. 8-a.da Uyg’ur xonligida hukmron dinga aylan- gan. M. 8— 9-a.larda Islom tarafdorla- rining ta’qibiga uchradi. Keyinchalik Evropa va Osiyoda barham topdi. Xitoyda u 14-a.ga kelib taqikdandi.