MONOPLAKOFORALAR

MONOPLAKOFORALAR (Mopo- placophora) — chig’anokli mollyuskalar- ning eng tuban tuzilgan sinfi. Qazilma holda kembriydan devongacha uchraydi. Birinchi tirik vakili Neo-pilina 1952 y.da topilgan. Hozir 8 turi ma’lum. Tanasi qalpoqchaga yoki yassi spiralga o’xshash chig’anoq b-n qoplangan. Man- tiya bo’shlig’ida 1 juftdan 8 juftgacha bo’lgan muskullar joylashgan. 5-6 juft patsimon jabralari qorin tomondagi mantiya egatchalarida joylashgan. Buy- raklari 6 juft. Yuragi 2 tadan qorincha va bo’lmachadan iborat. Qon aylanish si- stemasi tutashmagan. Muvozanat sakdash organi bor. Ayrim jinsli, jinsiy bezlari juft. Suv tubida 200-700 m chuqurlikda uchraydi.