Monoplan

Monoplan (mono… va lotincha Planum — tekislik) — bir qanotli samolyot. Qanoti yupqa va yassi bo’lganligi uchun u tekislik deb atalgan. Qanotning fyuzelyajga nisbatan o’rnatilish usuliga ko’ra, Monoplan yuqoriplan, o’rtaplan va pastplan kabi xillarga bo’linadi. Monoplan engil aviatsiya va sport aviatsiyasida qo’llanadi.