Monoxromatik yorug’lik

Monoxromatik yorug’lik (mono… va Yunoncha chromatos — rang) — muayyan va o’zgarmas chastotali elektromagnit to’lqin. Yorug’lik to’lqinlarining o’zaro farqi tufayli bu yorug’lik odamning ko’ziga turli ranglarda bo’lib ko’ringanligidan shunday atalgan. Ko’zga ko’rinadigan elektromagnit to’lqinlar o’z fizik tabiati bilan boshqa diapazondagi to’lqinlar (infraqizil, ultrabinafsha, rentgen va hokazolar)dan farq qilmaydi.