Monoxromator

Monoxromator (mono… va Yun. hroma — rang), optikada — optik nurla- nish (ko’rinadigan yorug’lik, in-fraqizil yoki ultrabinafsha nurlar)ning murak- kab spektridan to’lqin uzunliklarining tor qismini ajratib beradigan asbob; spektrometr, spektrofotometr, spektro- graf va b. asboblarning asosiy qismi. Kirish va chiqish kollimatorlari va dis- perelovchi (tarkatuvchi) tizim (prizma, difraktsion panjara)aan iborat bo’ladi. M. ob’ektivlari (kollimatorli va fo- kus lovchi) linzali yoki ko’zguli bo’lishi mumkin. Kirish va chikish kollimator- lari qo’zg’almas qilinib, chiqayotgan nur- larning to’lqin uzunligi 1 disperslov- chi tizim va yordamchi ko’zgular yordamida o’zgartiriladi. M.da yorug’lik kirish kollimatori tirqishidan o’tib, parallel nurlar hosil qiluvchi va dis-perelovchi elementga yuboruvchi ob’ektivga tushadi. Chikish kollimatorining fokal tekisli- gida nurlanish manbaining barcha to’lqin uzunliklari 1 ga mos monoxromatik (bir rangli) tasvirlar to’plami hosil bo’ladi. Nurlanish spektrining ultrabi- nafsha qismini ajratib beradigan M.da flyuorit (Sag’2), litiy ftorid (Li F) va kvars (SiO2) dan yasalgan dis-perelovchi prizmalar, yassi va botiq panjaralar qo’llaniladi. Spektrning infraqizil sohasida ishlatiladigan. M.da sferik, parabolik ko’zgular, shisha va kvarssan yasalgan prizma va panjaralar qo’llanadi.