Monteverdi (Monteverdi) Klaudio Jovanni Antonio

Monteverdi (Monteverdi) Klaudio Jovanni Antonio (taxm. 1567.15.5, Kremona — 1643.29.11, Venesiya) — ita- Lyan kompozitori. Opera janrining ilk klassik namunalarini yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venesiya) tashkilotchilaridan. Mantuya va Vene- tsiya sh.larida xonanda, sozanda, kapella boshlig’i sifatida xizmat qilgan. Fran- tsiya va b. Evropa mamlakatlarida ijodiy safarlarda bo’lgan. Asosan, polifoniya uslubida vokal va xor asarlarini ijod qilib, Madrigal janri ustasi sifati- da Shuhrat qozongan. 1587-1638 y.larda nashr ettirgan madrigallarining 8 ta to’plamida yangi, «hayajonli» musiqiy- dramatik uslubni yaratgan. Unda nut- kdosh ohanglarning ifodaviyligi, ari- yalarning kuychanligi, ansambl shak- llarining rivojlanganligi, orkestr jo’rligining boyligi o’zaro qorishib ketgan. «Orfey» (1607), «Poppeyagatoj kiygizish» (1642) operalari mashhur.