Montgomeri (Montgomery) Bernard Lou

Montgomeri (Montgomery) Bernard Lou (1887-1976) — Buyuk Brita- niyaning harbiy arbobi, feldmarshal (1944), Al-Alamayn vikonti (1946). 1908 y.dan armiyada. Sandxerstdagi harbiy akademiyani tugatgan. 1-2-jahon urush- lari qatnashchisi. 2-jahon urushida Shim. Afrikadagi 8-armiya (bu armiya Al- Alamayn ostonalaridagi jangda g’alaba qozongan) qo’mondoni (1942 y.dan). Nor- Mandiya, Belgiya, shim. Germaniyada 21-armiya guruhlari qo’mondoni (1944— 45); imperiya Bosh shtabi boshlig’i (1946-48), NATO qurolli kuchlari bosh qo’mondonining 1-o’rin-bosari (1951— 58). Buyuk Britaniya va chet mamlakatlar- ning oliy ordenlari kavaleri.