Morena

Morena (Frans. moraine) — muzli- klar erib chekingandan keyin qolgan tog’ jinslari uyumi. G’o’latoshlar, palaxsa toshlar, shag’al, gil, qum shaklida bo’ladi. M.lar siljiydigan (harakatdagi) va yotqizilgan (qo’zg’almas)larga bo’linadi. Siljiydigan M.lar tog’muzliklarida xrsil bo’ladi. Ular ustki, ichki va quyi M.larga bo’linadi. Ustki M. chaqiq jin- slardan hosil bo’ladi. Ichki M. muz qatlami orasida yotadi. Ustki va ichki M.lar muz krplamlari uchun xos emas. Quyi M. tog’muzliklari, shuningdek, muz krplamlarida uchraydi. Siljiydigan M. muzlik b-n birgalikda harakat qiladi. Yotqizilgan M. muzlik erigandan keyin parchalangan jinslardan hosil bo’ladi va M. marzalari va tag M.ga, ular esa, o’z navbatida, bo’ylama, chekka qirg’oq M. lari va b.ga bo’linadi. Tog’li o’lkalarda yotqizilgan M. mayda jinslar, tuproq aralashgan xarsang toshlar holida uchraydi. Mlarni o’rganish ular b-n bog’liqbo’lgan konlarni topish va muzlik bo’lgan joylarni aniqlashda ahamiyatga ega.